Uzbekistan SportdeSport Tahririyati 2

Eldor Shomurodov: Kannavaro bizga juda ko'p ijobiy narsalar bera oldi

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashri bilan suhbatda Kannavaro haqida fikr bildirdi.

Eldor Shomurodov: Kannavaro bizga juda ko'p ijobiy narsalar bera oldi

O'zbekiston milliy terma jamoasining mundialdagi ishtiroki ko'pchilikning diqqat markazida turdi. Xususan, Rossiya futbol jamoatchiligi ham futbolchilarimizning nufuzli musobaqadagi ishtirokini kuzatib bordi.

Sports.uz portali Rossiyaning nufuzli manbalaridan "Sport-Ekspress" nashrining jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlagan O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bilan suhbatini o'quvchilar e'tiboriga havola etadi.

— Fabio Kannavaro jamoaga tajriba etishmaganini, ayniqsa, ikkinchi bo'limda rejalashtirilmagan holda uzun uzatmalarga o'tib ketganinglarni aytdi. Rostdan ham shunday bo'ldimi?

— Ha, albatta. Bu erda asosiy omil psixologiya bo'ldi. Hisobda oldinda bo'lsangiz, har qanday holatda ham gol o'tkazmaslik va ustunlikni saqlab qolishni xohlaysiz. Shuning uchun xatolar boshlanadi. Biz to'pni yaxshi nazorat qila olmadik va o'ylaymanki, raqib bizni shuning uchun jazoladi.

Eldor Shomurodov

— Golli uzatma vaziyatida Abbosbek Fayzullaev to'pga tekkanmi?

— Uning o'zi tekkanini aytdi. Umid qilamanki, assist aynan unga yoziladi.

— Jahon chempionatida gol urganingiz siz uchun qanchalik muhim?

— Albatta, men uchun bu muhim. Baribir hayot davomida jahon chempionatida urgan golingizni eslab yurasiz. Agar g'alaba qozonganimizda esa yanada yaxshi bo'lardi.

— Rossiyada faoliyatingizga hissa qo'shgan insonlarga nimadir demoqchimisiz?

— Bizga muxlislik qilgan, bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat aytaman. Hammasiga salom va minnatdorlik bildiraman.

— Portugaliya bilan o'yindan keyin kim bilan futbolka almashtirdingizmi?

— Yo'q. O'sha paytda hech kim bilan futbolka almashtirishga kayfiyatim yo'q edi.

— Kannavaro jamoaga nimalar bera oldi?

— Juda ko'p ijobiy narsalar. Birma-bir sanab o'tirmayman. Bizda uning barcha g'oyalarini to'liq o'zlashtirish uchun vaqt etarli bo'lmadi. Lekin professionallik nuqtai nazaridan u futbolchilarga juda ko'p narsani o'rgatdi va yuqori darajada o'ynash uchun qanday futbolchi bo'lish kerakligini ko'rsatdi.

Source:Sports.uz
Share: