Eldor Shomurodovning o'yini qanday baholanmoqda?
Eldor Shomurodov "Istanbul Bashaksehir" tarkibida "Fenerbaxche"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Uchraishdan so'ng statistik portal "Fotmob" Shomurodovga 6.1 ball bergan.

Turkiya Superligasining 32-turida "Istanbul Bashaksehir" safarda "Fenerbaxche"ga 3:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Mazkur bahsda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 72-daqiqada zahiraga olindi.
Uchrashuvdan so'ng bir qator statistik portal futbolchining harakatlarini baholadi. Unga ko'ra, "Fotmob" hamyurtimizni 6.1 ballga loyiq korgan bo'lsa, "Sofascore" va "Flashscore" ham 6.1 ball qo'ydi.


Ma'lumot uchun, o'zbekistonlik forvard joriy mavsumda chempionat doirasida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan. Ayni paytda "Bashaksehir" 51 ochko bilan 6-o'rin da bor moqda.






