Connect with us

Futbol

Osiyo chempionati 2021 yilga qoldirildi

Published

on

Joriy yilning 26 fevralidan 8 mart kunigacha Turkmanistonda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan futzal bo‘yicha Osiyo Chempionati koronavirus sababli avgust oyiga qoldirilgandi.

Turkmaniston Osiyo chempionatini o‘tkaza olmasligini ma’lum qilgach, turnir Kuvaytga ko‘chirilgani va noyabr oyida o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Ammo Kuvaytdagi vaziyat tufayli turnir 2-13 dekabr kunlariga o‘tkazilishi xabar qilingandi.

OFK Kuvaytdagi vaziyatni hisobga olib, oxir-oqibat Osiyo chempionatini 2021 yilga qoldirishga qaror qildi. Turnir mart yoki aprel oyida o‘tkazilishi belgilanadi.

Shuningdek, Xitoyda o‘tishi lozim bo‘lgan 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati ham Xitoyning turnirni o‘tkazmaslik haqidagi qarori sababli keyingi yilga qoldirilgan. Mezbon nomi tez orada ma’lum qilinadi.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi ham ishtirok etadi. Bahodir Ahmedov shogirdlari “C” guruhida Bahrayn, Xitoy va Indoneziya bilan bir guruhdan joy olgan. Osiyodan 5ta jamoa jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.
 
Eslatib o‘tamiz, bu yil Litvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan futzal bo‘yicha jahon chempionati ham 2021 yilning sentyabr oyiga ko‘chirilgandi.

Total Page Visits: - Today Page Visits:
Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.