Connect with us

Boks

WBC reytingi e’lon qilindi o’zbek bokschilari jadvalning yuqori pog’onalarida

Published

on

WBC 40 nafar charm qo’lqop egasining reytingini ma’lum qiladi. 

Jadvalda 8 nafar o’zbekistonlik bokschi o’rin olgan.

Birinchi yarim o’rta vazn toifasida (-63,50 kg) uch nafar vakilimiz WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. SHohjahon Ergashev WBC reytingida 24-pog’onadan joy olgan. Yana bir charm qo’lqop ustamiz Anvar Turopov esa 39-o’ringa joylashgan. SHahram G’iyosov esa 40-o’rinni egallab turibdi. SHahram o’tgan oy ushbu reytingda qayd etilmagandi.  

Birinchi o’rta vazn toifasida (-69,8 kg) ayni paytda WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo’lib turgan charm qo’lqop ustamiz Isroil Madrimov yangilagan reytingning 22-pog’onasiga ko’tarilib oldi. Ushbu vaznda bir necha kun oldin Moskva shahrida jang o’tkazib, WBC Youth kamarini qo’lga kiritgan Ravshan Mahammadjonov 40-o’ringa ko’tarilib oldi. 

Ikkinchi o’rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug’ofurov (-76,2 kg) ikkinchi o’rindan oltinchi o’ringa tushib ketgan. Eslatib o’tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda shuningdek Bektemir Meliqo’ziev 39-pog’onadan 37-o’ringa ko’tarilgan. 

 

Total Page Visits: - Today Page Visits: