Connect with us

Futbol

Kiyev Yaxshiboyevga sovchi yuboradimi?

Published

on

Belarus Oliy ligasi to‘purari bo‘lib turgan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jasurbek Yaxshiboyev yangi mavsumni Ukraina Premer-ligasida boshlashi mumkin.

Ukrainaning footballgazeta.com sayti xabariga ko‘ra, Belarus chempionatida Soligorskning “Shaxtyor” klubi bilan peshqadamlik qilayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik futbolchiga Kiyevning “Dinamo” klubi qiziqish bildirmoqda. Klub vakillari yaqin orada Jasurbek Yaxshiboyevning agenti bilan uchrashishlari kutilmoqda. “Dinamo” futbolchini kuzatib bormoqda va keyingi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, yil boshida “Paxtakor”dan ijara asosida “Energetik-BGU” safiga o‘tgan Yaxshiboyev o‘zini yangi chempionatda yaxshi ko‘rsata oldi va davralar oralig‘ida «Shaxtyor» safiga o‘tdi. Bu klubda ham to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatayotgan hujumchi 13ta goli bilan Belarus Oliy ligasi to‘purari bo‘lib turibdi.

Manba: Tribuna.uz

Total Page Visits: 25 - Today Page Visits: 1
Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.