Connect with us

Yangiliklar

Toshkent viloyatidagi sport maktabi binosida qariyb 6 kg marixuana qovurayotgan qorovul ushlandi

Published

on

Toshkent viloyatidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosida qariyb 6 kilogramm marixuana saqlagan va ish vaqtida uni qovurgan qorovul ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5-sentabr kuni soat 23:30 da, IIB va Milliy gvardiya xodimlari o‘zlariga biriktirilgan Chirchiq shahri O‘zbekiston ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtda mazkur hududdagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosidan o‘ziga xos hid taralayotganligini bilib, tekshirish maqsadida bino xonasiga kirgan. Xonada maktab qorovuli bo‘lib ishlovchi 38 yoshli T.B. va 29 yoshli D.O. elektr plitasi yordamida oshxona qozonida o‘ziga xos modda qovurayotganini aniqlab, bu haqda shahar IIBga xabar bergan.

Mazkur xabar asosida tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida xonada bo‘lgan televizor korobkasi va yog‘och faner ustidagi yoyib qo‘yilgan yashil rangdagi, o‘ziga xos hidli modda, 4 dona gugurt qutisi va 2 dona 0,5 litr hajmdagi bankalarda quritilgan modda hamda chekish uchun maxsus moslama aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, T.B.dan olingan o‘simlik tup gullari va barglaridan tashkil topgan, ho‘l holdagi tarkibida faol giyohvand modda tetrogidrokannabinol mavjud bo‘lgan marixuana  bo‘lib, sof og‘irligi jami 5,7 kilogrammni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, hodisa joyidan olingan ikki dona baklajka, 1 dona shisha idish va angishvonada faol giyohvand modda — tetrogidrokannabinol yuqlari mavjudligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Chirchiq shahri IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, majmua qorovuli T.B. giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun o‘zining tanishi D.O.ni sport maktabiga chaqirganligi aniqlangan.

Hozirda T.B. jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Manba: Daryo.uz

Total Page Visits: 13 - Today Page Visits: 1
Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.