Connect with us

MMA

O’zbekistonlik MMAchi Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag’ishlangan turnirda jang qiladi + POSTER

Published

on

9 sentyabr kuni Moskva shahridagi Badiiy gimnastika markazida taniqli murabbiy Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag’ishlangan MMA kechasi tashkil etiladi.

FIGHT NIGHTS GLOBAL va GORILLA FIGHTING CHAMPIONSHIP homiyligi asosida tashkil etiladigan mazkur turnirda ko’zga ko’ringan yakka kurash ustalari  g’oliblik uchun oktagonga tushishadi. 

Ushbu kechaning markaziy jangida Dauren Ermekov – Vladimir Mineev bilan o’rta vazn toifasida FNG chempionlik kamari uchun jang olib boradi.

SHuningdek bu jang kechasida  hamyurtimiz Mirnoshox Jafarov -77 kg vazn toifasida rossiyalik Gela Beridzega qarshi bahs olib boradi. Buxorolik sportchi, “Amir Temur” klubi azosi Mironshox qo’l jangi bo’yicha bir necha bor O’zbekiston chempioni va xalqaro turnirlar g’olibi bo’lgan. R-1 professional yo’nalishi bo’yicha ko’p karra g’olib. Uning MMAdagi rekordi 3:0 ni tashkil etadi. 

Mazkur jang oqshomi 9 sentyabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan 20:00)da boshlanadi.

Janglarni Match TV, Xabar, DAZN, Fight Network, KazTelecom kanallari orqali jonli translyaciya qilish rejalashtirilgan. 

Manba: https://olamsport.com/

Total Page Visits: - Today Page Visits: