Connect with us

MMA

Ramzan Qodirovning to’rt o’g’li 3 sentyabr kuni ringga ko’tariladi + FOTO

Published

on

3 sentyabr kuni CHecheniston Respublikasi poytaxti Grozniy shahridagi Sport Xoll “Kollizey” arenasida professional boks kechasi bo’lib o’tadi.

Etiborga molik jihati shundaki, “Axmat” klubi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomi doirasida CHecheniston prezidenti Ramzan Qodirovning bir yo’la to’rt nafar farzandi ringga ko’tariladi. Yosh Qodirovlarning jangi ko’rgazmali xarakterda bo’lib, havaskor boks qoidalarida asosida tashkil etiladi. Bu malumotni “Axmat” klubi prezidenti Abuzayd Vismuradov tasdiqladi. 

“3 sentyabr kuni Grozniy shahridagi Sport Xoll “Kollizey” arenasida professional boks bo’yicha “Vremya Legend” turniri o’tkaziladi. Boks kechasi Rossiya Qahramoni, CHecheniston Respublikasining birinchi prezidenti Axmat Qodirov xotirasiga bag’ishlab tashkil etiladi. Oqshom doirasida jiyanlarim Ahmad, Ali, Adam va Abubakar Qodirovlar ham ringga ko’tariladi. Ularning janglari havaskor boks qoidalari asosida bo’ladi”, – deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Vismuradov.

Manba: Olamsport.com

Total Page Visits: - Today Page Visits: