Connect with us

Futbol

“Bunyodkor” futbolchisi koronavirusga duchor bo’lgan bo’lishi mumkin

Published

on

Coca Cola Superliga 9-turidan o’rin olgan “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvi “Covid-19”ga shubxa uyg’onganligi uchun noma’lum muddatga qoldirildi.

“Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. SHundan kelib chiqib, futbolchi alohida izolyatsiyaga olingan.

“Qaldirg’ochlar” bazasi dezinfeksiya qilinadi va jamoa a’zolari tekshiruvdan o’tadi. Hammasi joyida bo’lsa, futbolchilar klub shifokori nazoratida mashg’ulotlarni davom ettirishlari mumkin bo’ladi.

SHuningdek, bugun Namanganning “Navbahor” klubi futbolchilarining holati ham tekshiruvdan o’tkaziladi. Ayni holatga ko’ra, “Navbahor” futbolchilari o’zlarini yaxshi his qilishmoqda va ularda shubhali alomatlar yo’q. O’zbekiston Professional futbol ligasi mazkur holatdan kelib chiqib, Superliga uchrashuvlarining keyingi rejalarini ishlab chiqadi.

Manba: PFL.uz

Total Page Visits: 72 - Today Page Visits: 1