Connect with us

Retro

Abduvaliev Salimboy Qirg’izboevich 70 yoshni qarshi oldi

Published

on

Bugun O’zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi vice-prezidenti, taniqli biznesmen, mecenat, iqtisodiyot fanlari nomzodi Abduvaliev Salimboy Qirg’izboevich 70 yoshni qarshi olmoqda.

Salim Abduvaliev – 1950 yilning 5 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. O’zbekning tanti farzandi, keng fel, chuqur mushohadali, qarashlarida shijoat barq urib turadigan Salimboy Abduvaliev 11 yoshidan Obid Nazirov ustozligida kurash sporti bilan shug’ullangan. Maktab davridayoq dastlab erkin kurash bo’yicha O’zbekiston terma jamoasiga, Butunittifoq maktab o’quvchilari spartakiadasida ishtirok etganidan so’ng esa Itttifoq o’smirlar terma jamoasi azoligiga qabul qilingan. O’smirlar o’rtasida besh karra O’zbekiston chempioni, SSSR sport ustasi.

1996 yilda Salimboy Abduvalievga O’zbekiston erkin kurash federaciyasini boshqarish topshirildi. Umidli kurashchilarni tayyorlash, moddiy taminotini bo’yniga olish, ularni yirik turnirlarda qatnashish shart-sharoitini tashkil qilish ishlari uning faoliyatiga aylandi. Respublikada xalqaro miqyosdagi katta turnirlar o’tkazish amaliyoti egallay boshlandi. 

Salimboy Qirg’izboevichning tashabbusi hamda homiyligi ostida 1997 yildan 2011 yilga qadar mamlakatimizda erkin va yunon-rum kurashi bo’yicha “O’zbekiston Mustaqilligi” kubogi o’tkazildi. Uning moliyaviy ko’magi ostida ko’plab musobaqalar tashkil etildi. 

Jumladan, erkin va yunon-rum kurashi bo’yicha kattalar o’rtasida Osiyo chempionati (Toshkent, 25-28 may 1999 y.), Olimpiada saralash musobaqasi (Toshkent, 19-21 fevral 2000 y.), yoshlar o’rtasida erkin, yunon-rum kurashi bo’yicha Jahon chempionati (Toshkent, 9-13 avgust 2001 y.), Olimpiada saralash musobaqasi (Toshkent, 13-14 mart 2004 y.), erkin kurash  bo’yicha Jahon kubogi (Toshkent, 12-13 mart 2005 y.), yoshlar o’rtasida  erkin, yunon-rum kurashi bo’yicha Osiyo chempionati (Toshkent, 25-27 iyul 2008 y.), Singapurda o’tkaziladigan o’smirlar Olimpiya o’yinlariga  erkin, yunon-rum kurashi bo’yicha saralash turniri (Toshkent, 30 aprel-2 may 2010 y.), ayollar va erkaklar o’rtasida erkin, hamda erkaklar o’rtasida yunon-rum kurashi bo’yicha Osiyo chempionati (Toshkent, 19-22 may 2011 y.), ayollar va erkaklar o’rtasida erkin, hamda erkaklar o’rtasida yunon-rum kurashi bo’yicha Jahon chempionati (Toshkent, 8-14 sentyabr 2014 y.), yunon-rum kurashi  hamda qizlar orasida erkin kurash  bo’yicha Osiyo chempionati (Toshkent, 10-13 may 2018 y.) kabilarni sanab o’tish mumkin.

Respublika Olimpiya qo’mitasi 2000, 2004, 2008, 2012 yillarda mamlakatimiz nomidan Olimpiadada qatnashuvchi erkin va yunon-rum kurashi bo’yicha jamoaga rahbarlik qilishni Salimboy Qirg’izboevichga topshirgan edi. Buning natijasida O’zbekiston nomidan maydonga tushgan kurashchilar 2000 yil bitta kumush, 2004 yil ikkita oltin va bitta kumush, 2008 yil bitta oltin, bitta kumush, 2012 yil bitta oltin medalni qo’lga kiritib, mamlakatimiz shanini ulug’ladilar. Salimboy Abduvaliev hozirga qadar sakkizta Olimpiadada ishtirok etdi.

1999 yil Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlari ishtirok etgan Osiyo chempionatida mamlakatimiz erkin va yunon-rum kurashchilari peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. Hamyurtlarimizdan Bahodir Qurbonov, Ramil Islomov, Ruslan Xinchakov, Adhamjon Achilov, Dilshod Mansurov, Aslan Sanakoev kabi sportchilarimiz g’olib bo’ldilar.

Oldinda yana katta g’alabalar kutayotgan edi. 2000 yili Sidney Olimpiadasida erkin kurash bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi sardori, Osiyo chempioni Artur Taymazovning kumush medali respublikamiz kurashchilarining keyingi zafarlari uchun yo’lchi yulduz bo’ldi. Taymazov 2003 yilda  jahon chempioni, 2004, 2008, 2012 yillarda esa Olimpiya o’yinlari oltin medalini qo’lga kiritdi. 

O’zbekda o’ng qo’ling berganini chap qo’ling bilmasin, degan naql bor. Qahramonimiz ham ana shu aqidagi amal qilganligi bois biz uning kishilarga qilgan va qilayotgan muruvvati, ezgu amallari haqidagi so’zimizni qisqa qilamiz. Mamlakatimiz ahli birmuncha murakkab davrni boshdan kechirayotgan bugungi kunlarimizda esa Salimboy Qirg’izboevich har doim qiladigan xayru ehsonlari sonini yana bir necha barobar ko’paytirgan. Uning tomonidan  taqdim qilinayotgan moddiy mablag’, kundalik ehtiyoj mollari soni endilikda yanada oshirilib, ota yurti Farg’ona vodiysidan tortib, Toshkentning ehtiyojmand oilalariga ulashilmoqda.

Manba: http://olamsport.com


Total Page Visits: - Today Page Visits:
Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.