34 C
Tashkent
Juma, Iyun 18, 2021
Bosh sahifaFutbolJCH-2022 saralashi. Turkmaniston so'nggi daqiqalarda ikkita gol urib Livanni mag'lub etdi

JCH-2022 saralashi. Turkmaniston so’nggi daqiqalarda ikkita gol urib Livanni mag’lub etdi

Osiyo qitasida JCH-2022 saralashi davom etmoqda.

Biroz oldin Turkmaniston va Livan o’rtasidagi bahs yakuniga etdi. Unda dastlab qo’shnilarimiz hisobni ochishdi, bunga livanliklar ikkita gol bilan javob berishdi. So’nggi daqiqalarda Turkmaniston ikkita gol urib 3:2 hisobida irodali g’alabaga erishishdi.

Ushbu mag’lubiyatga qaramay Livan 10 ochko bilan guruhda ikkinchi o’rinda qolmoqda. Jamoa so’nggi turni Janubiy Koreyaga qarshi o’tkazadi. Turkmaniston esa 9 ochko bilan saralashni yakunladi va endi Osiyo kubogi-2023 saralashi uchinchi bosqichida ishtirok etadi.




JCH-2022 saralashi.
Turkmaniston – Livan 3:2
Gollar: 
Zafar Bobojonov 59, Guychmurat Annaguliev 85, Altimurad Annadurdiev 90+3 – Rabih Ataya 73, Suni Saad 75.
CHetlatish: Nur Mansur 86.

Mavzuga oid
- Advertisment -

Ommabop yangiliklar