Yangiliklar

Rossiyaga yana bir bor daqiq qo’yildi

Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi Yaponiyada boʻlib oʻtadigan Tokio-2020 va Pekin-2022 oʻyinlarida Rossiya paralimpiya qoʻmitasining toʻliq nomidan foydalanishni taqiqladi,deya xabar bermoqda uznada.uz axborot portali

Oliy sport arbitraj sudining 2020-yil dekabr oyidagi qaroriga koʻra, rossiyalik sportchilar Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida milliy bayrogʻi va madhiyasisiz ishtirok etishi aytib oʻtilgandi.

Rossiyalik sportchi va rasmiy vakillar Paralimpiya oʻyinlarning ochilishi va yopilish marosimlarida hamda musobaqalar davomida Rossiya paralimpiya qoʻmitasining nomidan faqat qisqartirilgan shaklda, yaʼni RPQ (RPC) koʻrinishida foydalanishi mumkin ekanini taʼkidladi. Shuningdek, sportchilarni taqdirlash marosimida Rossiya davlat madhiyasining oʻrniga P.Chaykovskiyning kuylari yangraydi.

Eslatib oʻtamiz, bu kabi qatʼiy choralar Rossiya sportchilari va rasmiylarining bir qator doping mojarolarida aybi tasdiqlanganidan soʻng kiritilgandi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button