34 C
Tashkent
Juma, Iyun 18, 2021
Bosh sahifaYangiliklarQozon "Katta Dubulg'a" turnirida omadsizlik qurboni bo'ldik

Qozon «Katta Dubulg’a» turnirida omadsizlik qurboni bo’ldik

Qozon shahri mezbonligida o’tayotgan dzyudo bo’yicha «Katta Dubulg’a» turkumiga kiruvchi turnir o’zbekistonlik dzyudochilar uchun ertaroq yakunlandi.

So’nggi umidimiz SHermuhammad Jandriev bronza medali yo’lidagi o’tish bellashuvida franciyalik Aksel Klergetga imkoniyatni boy berib, musobaqani 7-o’rinda tugatdi. -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh dzyudochimiz uchun bu turnir tajriba vazifasini o’tab berdi.

SHu tariqa, bosh murabbiy Ilias Iliadissiz ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi uchun Qozon turniri yakunlandi. Musobaqadagi eng yaxshi natijamiz 7-o’rin bo’ldi. SHarofiddin Lutfullaev va SHermuhammad Jandreev bronza ostonasida ishtiroklarini to’xtatishdi. 

Endi terma jamoamiz azolari bor etiborlarini kelasi oy Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o’tkaziladigan jahon chempionatiga qaratishadi. 

Mavzuga oid
- Advertisment -

Ommabop yangiliklar