34 C
Tashkent
Juma, Iyun 18, 2021
Bosh sahifaYangiliklarNur-Sulton turnirida 5 ta medal qo'lga kiritildi

Nur-Sulton turnirida 5 ta medal qo’lga kiritildi

Qozog’istonning Nur-Sulton shahrida yunon-rum kurashi bo’yicha yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan xalqaro xotira turniri o’z yakuniga etdi.

Jaksalik Ushkempirov xotirasiga bag’ishlab tashkil etilgan ananaviy musobaqada Xayrulla Abdullaev murabbiyligidagi O’zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etdi. 

Turnir yakunida yoshlarimiz tomonidan jami 5 ta medal qo’lga kiritildi. 97 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Abrorbek Nurmuhammedov oltin, Abror Atabaev (63 kg), Jamol Jumaboev (72 kg), SHahriyor Jo’raboev (87 kg) kumush, Alimardon Abdullaev (55 kg) esa bronza medaliga sazovor bo’ldi.

Manba: olamsport.com

Mavzuga oid
- Advertisment -

Ommabop yangiliklar