34 C
Tashkent
Juma, Iyun 18, 2021
Bosh sahifaFutbol"Nasaf" hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilishga harakat qilganligi uchun jazolandi

«Nasaf» hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilishga harakat qilganligi uchun jazolandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, “Nasaf” professional futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

“Nasaf” PFK vakili tomonidan klub manfaatini ko‘zlab, 2020-yil futbol mavsumida hakamlarni o‘z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og‘dirishga uringani uchun O‘FA intizom kodeksining 5.26. bandiga muvofiq futbol klubi 50 000 000 so‘m jarimaga tortildi.

Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Manba: UFA.UZ

Mavzuga oid
- Advertisment -

Ommabop yangiliklar