34 C
Tashkent
Juma, Iyun 18, 2021
Bosh sahifaFutbol"Chelsi" ustozi Tomas Tuhel "Real"ga qarshi o'yin oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi

«Chelsi» ustozi Tomas Tuhel «Real»ga qarshi o’yin oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi

Bugun, «Chelsi» o’z maydonida «Madrid» klubini qabul qiladi. UEFA chempionlar ligasidan o’rin olgan 1/2 final bosqichi javob o’yini oldidan Londonliklar murabbiyi Tuhel quydagi fikrlarni bildirdi:

«Bizning vazifa butun uchrashuv davomida intensivlikni saqlash. Bu yarim final, play-off o’yini, shu sabab bosim yuqori. O’z kuchimiz va darajamizga yetarlicha ishonmasak, bizda zarracha imkoniyat qolmaydi.

«Real» yana 5-3-2 sxemasidan foydalanishiga ishonchim komil emas, ular 4-3-3da o’ynamasliklari ham mumkin. Bu o’yinga turlicha o’zgarishlar kiritadi. Ammo gap «Real» sxemasida emas, balki o’zimizning qanday o’ynashimizda. Biz yetarlicha dadil o’ynay olamizmi ?

O’tgan birinchi bahsdan so’ng biz o’zimizga ishonishimiz mumkinligi va biz yarim finalga munosibligimizni tushinib yetdik. Biz haqli ravishda shu darajada o’ynamoqdamiz.

Serxio Ramos o’ynaydimi ? Qiyin savol, men bu savolga javob berolmayman. Buning bizga ahamiyati bormi ? Ha, sezilarli darajada. U so’nggi yillarning eng muvaffaqiyatli jamoa sardori. O’ylashimcha u dastlabki daqiqalardan maydonda o’ynaydi va biz bunga tayyor bo’lishimiz kerak», – deydi Tuhel.

Uchrashuv soat 23:55da UZREPORT TV telekanalida start oladi.

Mavzuga oid
- Advertisment -

Ommabop yangiliklar