Yangiliklar

Yangi tarix.Qilichbozimiz jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi

Ayni kunlarda Misr poytaxtida qilichbozlik bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida jahon chempionati bo’lib o’tmoqda.

Quvonarlisi, unda ishtirok etgan sablyachimiz Boburjon Rasulov yurtimiz uchun qilichbozlik sporti tarixida jahon chempionatlaridagi ilk medalni qo’lga kiritdi.

Guruh bosqichidan so’ng 1/64 final bosqichidan bahslarga kirishgan hamyurtimiz dastlab qozog’istonlik Stepan Sevostyanov (15:10), so’ng amerikalik Kristofer Uolker (15:13), ispaniyalik Rogelio Kabalero (15:13), gong konglik Si So (15:7), misrlik Adham Moataz (15:10) ustidan g’alaba qozonib, final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Hal qiluvchi bellashuvda esa rossiyalik Kirill Tyulyukovga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi. Takidlash joiz, bu yoshlar o’rtasida jahon chempionatida qo’lga kiritilgan dastlabki tarixiy medal bo’lmoqda.

Yana bir ahamiyatli jihati, qizlarimizdan Zaynab Dayibekova chorak finalgacha etib bordi. Qo’shimcha ko’rsatkichlarga ko’ra yosh umidli vakilimiz ettinchi natija bilan musobaqani yakunladi. Qayd etish joiz, hali hech bir qizimiz jahon chempionatlarida bunday bosqichga etib kelgani yo’q. Bunday natija terma jamoamizda faoliyat olib borayotgan mutaxassis, 3 karra Olimpiya o’yinlari chempioni Vladimir Nazlimovning xizmatlari mevasidir. Tajribali murabbiy jamoamiz o’z aytib o’tganidek, yosh sportchilarimizni jahonning etakchi qilichbozlari qatoriga olib chiqmoqda. Musobaqa davomida Sevinch Ismoilova, SHahnoza Tog’aymurodova, Venera Ismoilova, SHerzodbek Mamutov, Pazilbek Genjebaev, Jaloliddin Dushamboev kabi vakillarimiz ham munosib ishtirok etishdi.

Bu faqatgina yosh sablyachilarimizning qayd etgan natijasi. Hali oldinda sablya bo’yicha jamoaviy bellashuvlar, shuningdek, rapira va shpagachilarimizning chiqishlari kutib turibdi.

Manba : olympic.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button