Yangiliklar

Rustam Assakalov Osiyo chempionatining bronza medali sohibi

Qozog’istonning Olmaota shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo’yicha o’tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kuni ortda qoldi.

Xabar berganimizek, 55 kg vazndagi yunon-rum kurashchimiz Ilhom Bahromov kumush medalni qo’lga kiritgan edi. 87 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan tajribali «klassigimiz», Tokio Olimpiadasi licenzianti Rustam Assakalov Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo’ldi. U qozog’istonlik Nursulton Tursinovdan ustun keldi. 

Eng og’ir vazn (130 kg) toifasidagi polvonimiz Suhrob Fattoev esa bronza medali uchun kechgan bahsda qirg’izistonlik Murat Ramonovga imkoniyatni boy berib qo’ydi. 

Manba : olamsport.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button