FutbolYangiliklar

Ravshan Ermatov OFK prezidenti Shayx Salmon bilan uchrashdi

O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi delegatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidentining taklifiga binoan Manama shahriga tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif davomida O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ravshan Ermatov Shayx Salmonga O’FA prezidenti Abdusalom Azizovning samimiy salomlari va eng yaxshi tilaklarini yetkazgan holda, O’FA rahbari boshchiligida O’zbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va o’zgarishlar, qo’lga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar haqida so’z yuritdi. O’FA birinchi vitse-prezidenti O’FA va OFK o’rtasidagi o’zaro hamkorlik munosabatlari ishonch va hurmat asosida qurilgan ekanligini a’lohida ta’kidladi.

Shuningdek, Ravshan Ermatov O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda keng ko‘lamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan har doim mamnun ekanligini aytib, qit’a miqyosidagi bir qator nufuzli musobaqalar mezbonligi aynan O’zbekistonga ishonib topshiriliganligi O’zbek futboli oilasini yanada baxtiyor etganligini bildirdi.

O’z navbatida, Shayx Salmon O’FA rahbariyatining O’zbekistonda futbolni rivojlantirishda olib borayotgan samarali faoliyatini e’tirof etdi hamda OFK va O’FA o’rtasidagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashga hamisha sodiq ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

Shuningdek, OFK prezidenti o’zbek futbolida olib borilgan islohotlar, uning ommaviyligini oshirishda qabul qilinayotgan qarorlarni olqishlab, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etdi.

Manba: UFA.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button