FutbolYangiliklar

O’zbekiston koka-kola kubogi. «Rubin» va «Zomin» keyingi bosqichga yo’l oldi

Kecha O’zbekiston koka-kola kubogi ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

“G’ijduvon” jamoasi o’z maydonida “Rubin”ga qarshi bahs olib bordi va ekstra taymda kiritilgan gol tufayli 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Parallel ravishda kechgan “CHig’atoy” – “Zomin” qarama-qarshiligida esa mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g’alabani qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz, saralash AGMK klubining 7 aprel kungi xalqaro o’yini natijasidan kelib chiqib, ikki yoki uch bosqichda tashkil etiladi.

AGMK 7 aprel kuni xalqaro o’yinda zafar quchsa, III bosqich bekor qilinadi va II bosqichning ikki g’olib klublari (“Zomin” va “Rubin”) — “Paxtakor” va AGMK o’rnida guruh bosqichida qatnashadi.

AGMK 7 aprel kuni mag’lub bo’lsa, II bosqichning ikki g’olibi 13-aprel kuni O’zbekiston koka-kola kubogi guruh bosqichining bitta yo’llanmasi uchun o’zaro maydonga chiqadi.

CHIG’ATOY – ZOMIN 1:3 (0:2)

Gollar: Muhammad Odilov, 17 (0:1), Muhammad Odilov, 21 (0:2), Muhammad Odilov, 48 (0:3), Murod Komilov, 90+2 (1:3)

G’IJDUVON – RUBIN 0:1 (0:0, 0:0, 0:1)

Gol: Abduloboriy Vosidjonov, 99 (0:1)

Manba: Ufa.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button