Futbol

O’zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatida ishtrok etadi

Osiyo futbol konfederaciyasi oxirgi qita birinchiliklaridagi natijalarni hisoblab, jahon chempionatiga yo’l oluvchi termalarni saralab oldi.

Unga ko’ra, Eron, Yaponiya va O’zbekiston futzal termalari to’g’ridan-to’g’ri Litvadagi jahon chempionatiga yo’llanma oldi.

Qolgan 2 o’rin egasi esa 4 ta jamoa o’rtasida aniqlanadi va ular pley-offda qatnashadi. Bular: Livan, Iroq, Tailand va Vetnam.

Jahon chempionatiga yo’llanma beruvchi Osiyo chempionati pandemiya sabab o’tkazilmaydigan bo’lgandi. OFK mundial yo’llanmasiga ega chiquvchi jamoalarni saralashsiz aniqlab olishga qaror qildi.

Futzal bo’yicha navbatdagi Jahon chempionati 2021 yil 12 sentyabr – 3 oktyabr kunlari Litva mamlakatida bo’lib o’tadi. 

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionatida 2016 yil Kolumbiya parketlarida debyut qilgan va guruhda qolib ketgandi. 

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button