Yangiliklar

Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi og‘ir atletikachilarimizning tarkibi aniq

Maʼlumki, 16-25 aprel kunlari poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoa tarkibini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, jamoamiz musobaqada 18 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev, Adhamjon Ergashev kabi nomdor vakillarimizni ham uchratish mumkin. Jamoamizning to‘liq tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:
-55 kg: Og‘abek Nafasov
-61 kg: Husinboy Matrasulov
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-81 kg: Hojiakbar Olimov
-89 kg: Hakimjon Shamsiddinov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-102 kg: Qurbonmurod Namozov
-109 kg: Ruslan Nurudinov
-109 kg: Akbar Jo‘rayev

Ayollar:
-55 kg: Muattar Nabiyeva
-59 kg: Nigora Abdullayeva
-64 kg: Madinabonu Jo‘rayeva
-71 kg: Mashhura Rustamova
-76 kg: Kumushxon Fayzullayeva
-81 kg: Nigora Suvonova
-87 kg: Tursunoy Jabborova
+87 kg: Dolera Davronova

Manba: Olympic.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button