FutbolYangiliklar

Odil Ahmedov yangi klubga ko’chib o’tdi

O’zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.

 Axmedov «Sanchjou Mayti Layons» klubi bilan shartnoma tuzdi.

Ushbu klub 2011 yil 25 fevral kuni tashkil etilgan. O’z uy o’yinlarini 31836 tomoshabinga mo’ljallangan «Cangzhou Stadium» stadionida o’tkazadi. Jamoani ayni paytda eronlik Afshin Gotbi boshqarib bormoqda.

Ushbu klub safida Ahmedovdan tashqari Muriki (Braziliya), Adama Diomande (Norvegiya), Andre Sengor (Senegal) va Stoppila Sunzu (Zambiya) kabi legionerlar ham bor.

«Canchjou» Superliganing 1-turini 21 aprel kuni safarda «Sindao Xuanxay»ga qarshi o’tkazadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button