BoksYangiliklar

«Gubernator kubogi» sovrindorlari qancha pul ishlab olishdi?

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo’yicha Gubernator kubogi bahslari yakuniga etdi.

Ushbu musobaqada O’zbekiston terma jamoasi bokschilari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo’lga kiritdi.

Turnir tashkilotchilari musobaqa g’olib va sovrindorlariga medallardan tashqari pul mukofotlarini ham taqdim etishdi. 

Unga ko’ra, oltin medal sohiblari 450 000 rubl (taxminan 6000 AQSH dollari), kumush medal egalari 250 000 rubl (taxminan 3300 AQSH dollari), bronza medalini qo’lga kiritgan bokschilar esa 150 000 rubl (taxminan 2000 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofotini ishlab olishdi. 

Eslatib o’tamiz, musobaqa yakuniga ko’ra, O’zbekiston terma jamoasi safida sovrindorlar ro’yxati quyidagicha ko’rinish oldi:

Oltin:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov

-52 kg: SHahobiddin Zoirov

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov

+91 kg: Bahodir Jalolov

Kumush: 

-60 kg: Abdumalik Xalakov

Bronza:

-69 kg: Bobousmon Baturov.

Manba : olamsport.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button