FutbolYangiliklar

Florentino Peres katta bayonot berdi

«Real» prezidenti va Yevropa Superligasi raisi Florentino Peres Madrid klubining yangi loyiha ishtirokchisi bo’lish qarori haqida gapirdi.

«Turnirdan keladigan puldan boshqa daromad bo’lmaganda katta o’yinlarni ko’paytirish istagi paydo bo’ladi va Superliga pandemiya tufayli etkazilgan yo’qotishlarni kamaytirishga yordam beradi. Ko’proq yirik o’yinlarda o’ynash orqali ko’proq pul ishlash imkoniyatini topishimiz kerak.

Hech qanday fitna uyushtirilmadi, Italiya, Angliya va Ispaniyaning yirik klublari hozirgi noqulay vaziyatda biror narsa qilishlari kerak. Birgina «Real»ning o’zi bu mavsumda 400 million evro yo’qotdi.

Bizning hayotimiz rivojlanib borishi bilan futbol ham rivojlanishi kerak. U hayotning mavjud haqiqatlariga moslashishi zarur. Men bu erda ko’p gapirmayman, ammo futbolga bo’lgan qiziqish pasaya boshladi. Auditoriya kamaymoqda, audiovizual huquqlarning ham narxi pasaymoqda.

UEFA ham bizni qo’llab-quvvatlashi shart. Agar biz ko’proq ishlasak, bu faqat futbol manfaati uchun bo’ladi. Biz imkon qadar tezroq boshlashni xohlaymiz. FIFA va UEFA bilan barchasini muhokama qilishni rejalashtirganmiz.

UEFA CHempionlar Ligasining yangi formati borasida ishladi, men esa barcha hurmat bilan aytamanki, uni tushunmaganman. Biz futbolni saqlab qolmoqchimiz, futbolni saqlab qolish esa – barchani qutqarish demakdir. Hech kim 200 million evroni yo’qotmaslik uchun kelasi 20 yil tinch o’tsin.

Biz ishlamayotgan modelni o’zgartirmoqchimiz. Hech kim yangi modelni tushunmayaptii, 2024 yilgacha biz «o’lamiz». Klublar millionlab evro yo’qotishadi«, – deydi Peres.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button