Yangiliklar

Dzyudo.Qit’a chempionatini ikkinchi o‘rinda yakunladik

Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatida final bellashuvlari yakuniga yetmoqda. Biroz avval 3 nafar polvonimiz kechki dasturda o‘z ishtiroklarini yakunlashdi.

Dastlab -90 kg vazn toifasining finalida Davlat Bobonov yaponiyalik Soichiro Mukaiga qarshi bahs o‘tkazib, qo‘shimcha vaqtda g‘alaba qozondi va oltin medal sohibiga aylandi. Bu bilan O‘zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi o‘z titullari orasiga qit’a chempionligini ham qo‘shib qo‘ydi.

Shundan so‘ng e’tibor -100 kg vazn toifasiga qaratildi. Ushbu vaznning birinchi bellashuvida Muzaffarbek To‘raboyev BAA vakili Ivan Remarenkoni qisqa soniyalar ichida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu vazn finalida yaponiyalik Aaron Volf bilan kurashgan Muhammadkarim Xurramov esa qo‘shimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa jamoamiz Osiyo-Okeaniya chempionatini 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallari bilan yakunladi. Bu bilan jamoamiz qit’a chempionatini umumjamoa hisobida Janubiy Koreyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.

Reglamentga ko‘ra, muxlislarni ertaga terma jamoalar o‘rtasidagi kurash kutib turibdi. Vakillarimiz ushbu dasturni turkmanistonlik dzyudochilarga qarshi boshlashadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button