BoksYangiliklar

Boks: Bugun jahon chempionatining yarim final bahslari bo‘ladi. 10 nafar o‘zbekistonlik jang qiladi

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng qizg‘in pallasi etib kelmoqda.

Bugun, Polshada davom etayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumki, ushbu bosqichga O‘zbekiston terma jamoasidan 10 nafar bokschi etib keldi. Ularning oltitasi qizlar bo‘lsa, to‘rt nafari o‘g‘il bolalardir. 

Demak, bugun vakillarimiz final bosqichiga chiqish uchun ringga ko‘tariladi. 

51 kg: Nigina O‘ktamova – Anastasiya Kirienko (Rossiya)

54 kg: Sitora Turdibekova – Poonam (Hindiston)

57 kg: Dilfuza Bekova – Julduz Shoyaxmetova (Qozog‘iston)

60 kg: Mohinabonu Abdullaeva – Beatris Rozentale (Latviya)

64 kg: Hadichabonu Abdullaeva – Arundxati Choudxari (Hindiston)

69 kg: Sohiba Ro‘zmetova – Dana Diday (Qozog‘iston)

52 kg: Shahzod Muzaffarov – Ruslan Tsikalo (Ukraina)

69 kg: A’loxon Abdullaev – Cheerav Ashalaev (Rossiya)

81 kg: Shohjahon Abdullaev – Peter Lyasevich (Chernagoriya)

+91 kg: Jahongir Zokirov – Levante Kiss (Vengriya) 

Janglar Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. 

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button