BoksYangiliklar

3-aprel kuni,HUMO arenada qanday voqealiklar ro’y berdi

Humo Arena saroyida kecha uzoq kutilgan boks kechasi bo’lib o’tadi.

Unda asosiy jang kechasida,Murodjon Ahmadaliyev Yaponiyalik bokschiga qarshi ringga ko’tarildi.

Asosiy jangdan oldin quydagi boks oqshomi tashkil etildi:

Oqshom doirasidagi ilk jangda Iqboljon Xoldorov tanzaniyalik Kulva Bushiriga qarshi ringga ko’tarildi. 6 raundga mo’ljallangan jangda Iqboljon raqibini ikkinchi raundda nokaut qildi . 

Sanjar Tursunov ham o’zining navbatdagi jangini o’tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga ukrainalik Ivan Yuxta raqiblik qildi. 

6 raundga mo’ljallangan jang to’liq davom etdi va hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozondi.

SHu tariqa, Sanjar professional boksdagi beshinchi    jangida ringga ko’tarilib, barchasida g’alaba qozondi. 

Hasanboy Do’smatov oqshom doirasida tanzaniyalik Muhsin Kizotaga qarshi o’tkazdi. 

10 raundga mo’ljallangan jang vakant bo’lib turgan WBA International kamari uchun o’tkazildi va raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.

  Bahodir Jalolov latviyalik Kristaps Zucisga qarshi ringga ko’tarildi. 

6 raundga mo’ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Hamyurtimiz raqibini ikkinchi raundda nokaut qildi .

Mirazizbekka tanzaniyalik Tasha Mjuaji raqiblik qildi. 6 raundga mo’ljallangan jangi  birinchi raundda yakunlandi .

 Isroil Madrimov – Emmanuel Kalombo (Kongo) o’zaro bahs olib borishdi. O’n raundga mo’ljallagan bahs to’liq davom etdi va hamyurtimiz g’alabani qo’lga kiritdi. 

SHarahm G’iyosov Patrisio Lopes Morenoga qarshi ringga ko’tarildi. O’n raundga mo’ljallagan bahs uchinchi raundda SHahramning g’alabasi bilan yakunlandi. 

Kechaning markaziy jangida WBA va IBF kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev IBF kamariga rasmiy davogar Ryosuke Ivasaga qarshi ringga ko’tarildi. O’n ikki raundga mo’ljallagan bahs beshinchi raundda hamyurtimizning g’alabasi bilan yakunlandi 

SHu tariqa, bokschimiz ilk kamar himoya jangini ishonchi tarzda himoya qilishga erishdi.

Manba: olamsport.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button