Yangiliklar

Toshkent sambo bo’yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Osiyo sambo uyushmasining virtual yig’ilishi tashkil etildi – unda Osiyo chempionati Toshkentda o’tkazilishi elon qilindi.

Bu haqida O’zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kuni kecha Osiyo sambo uyushmasining navbatdagi onlayn yig’ilishi tashkil etildi. Unda tashkilot rahbariyati, ijroqo’m azolari va milliy associaciyalar vakillari ishtirok etishdi. 

Virtual yig’ilish davomida Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullaev tomonidan yil davomida o’tkaziladigan muhim musobaqalar rejasi tanishtirib o’tildi. Bundan tashqari, sambo sporti 2025 yili Toshkentda o’tkaziladigan o’smirlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlari dasturiga kiritilayotganligi malum qilindi. Ushbu yangilikni Osiyo sambo oilasi mamnunlik bilan qarshi oldi. 

Qolaversa, biz uchun yana bir ahamiyatli jihati, 2021 yilgi Osiyo chempionati iyun oyida Toshkentda o’tkaziladigan bo’ldi. Aslida mazkur musobaqaga belgilangan reja bo’yicha Indoneziya mezbonlik qilishi lozim edi. Ammo shu yili tashkil etiladigan sohil o’yinlari sabab, ushbu musobaqani boshqa mamlakatga ko’chirishga qaror qilindi. Unga ko’ra, Osiyo chempionati mezbonligi uchun O’zbekiston sambo associaciyasi tomonidan berilgan ariza qabul qilindi. SHu sababli, iyun oyida o’smirlar, yoshlar va kattalar o’rtasidagi Osiyo chempionatini Toshkentda o’tkazish taklifi o’rtaga tashlandi. Yig’ilish ishtirokchilarning aksariyat qismi ushbu taklifni qo’llab-quvvatlashdi. SHu tariqa, bu yilgi Osiyo chempionati poytaxtimiz Toshkentda o’tkaziladigan bo’ldi. Bundan tashqari, ushbu musobaqa vaqtida Osiyo sambo uyushmasining yillik Kongressi va saylov-konferenciyasi ham tashkil etiladi. 

Yig’ilish davomida O’zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov ham so’zga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi va ushbu musobaqa yuqori saviyada tashkil etilishi haqida gapirdi

O’z navbatida, O’zbekistonda samboni yanada rivojlantirish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar Osiyo sambo uyushmasi prezidenti tomonidan alohida etirof etildi. 

O’zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button