BoksYangiliklar

SHahram G’iyosovning raqibi o’zgardi

3 aprel oqshomida «Humo Arena»da ringga ko’tariladigan bokschilarimizdan biri SHahram G’iyosov (10-0, 8 KO)ning raqibi o’zgardi.

Unga ko’ra, hamyurtimiz o’zining WBA International kamarini meksikalik Patrisio Lopes Moreno (28-4, 20 KO) dan himoya qiladi. Bu haqda Mir Boksa promouterlik kompaniyasi xabar bermoqda.

Avvalroq G’iyosovga rossiyalik Isa CHaniev (14-3, 6 KO) raqiblik qilishi aytilgandi.

Eslatib o’tamiz, ushbu jang 3 aprel kuni Toshkent shahridagi «Humo Arena»da tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jang qiladi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button