FutbolYangiliklar

Ronaldu yuqori divizionlardagi 600-o’yinini o’tkazdi va ideal xet-trikka erishdi

Italiya chempionati 27-turidan “Yuventus” Krishtianu Ronalduning gollari evaziga safarda “Kalyari”ni taslim etdi – 3:1.

Ronaldu bugungi xet-trigini ideal tarzda (o’ng, chap oyoq va bosh bilan) amalga oshirdi. U yuqori divizionlardagi yubiley 600-uchrashuvda maydonga tushdi va gollari sonini 473 taga etkazib oldi:

“Real” safida 292 o’yinda 311 gol

MYU – 196 o’yinda 84 gol

“Yuventus” – 87 o’yinda 75 gol

“Sporting”da – 25 o’yinda 3 gol.

Malumot o’rnida, 36 yoshli futbolchi faoliyatida 57-bor xet-trikka erishdi. Ulardan 9 tasi esa ideal hisoblanadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button