Yangiliklar

Otabek Umarov bilan sodir bo`lgan YTH ochiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Otabek Umarov bilan sodir bo`lgan yo`l transport hodisaning ishtirokchisi Bobir Mamatov ushbu YTHning qanday sodir bo`lganligini Korrespondent uz youtube kanaliga batafsil so`zlab berdi,deya xabar bermoqda ROST.UZ

13 fevral kuni Pushkin metrosining atrofida kechki soat 18:00 – 18:30 larda  sodir bo`lgan YTH Otabek Umarov motosikli bilan kelib urilgan Epika avtomobilining egasi Bobir Mamatov bo`lgan.

«GAI xodimlari keldi, olib ketdi» degan xabarlarning barchasi yolg`on hisoblanadi, – dedi B.Mamatov – Asosiysi, meni o`lganim ham yolg`on. Ollohga ming shukur men soppa-sog`man.

Ijtimoiy tarmoqlarda o`zim haqimda turli yolg`on ma`lumotlarni eshitdim, o`qidim. Rostini aytsam, Otabek Umarovni o`zim mashinamda kasalxonaga olib borganman. U xavotir oladigan darajada og`ir jarohatlanmagan edi.
 

Otabek Umarovning yaqinlari bergan ma`lumotga ko`ra, u hozirda Janubiy Koreyada davolanmoqda. Shu kunga qadar ikki haftalik karantinda saqlangan. Bugun jarrohlik operasiyasi o`tkazilgan.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button