BoksYangiliklar

Nursulton Ro’ziboevning raqibi o’zgardi + POSTER

Xabar berganimizdek, 11 mart kuni Bahraynda aralash yakkakurashlar bo’yicha BRAVEFC 47 turniri tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu MMA oqshomida o’zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro’ziboev ham oktagonga ko’tariladi. Aslida ertadan keyin hamyurtimiz UFC`ning sobiq jangchisi Andreas Stalga qarshi jang o’tkazishi kerak edi. 

Ammo, kutilmaganda, jangga ikki kun qolganida raqib o’zgardi. Bunga raqibning jarohati borligi sabab bo’lgan. Endi 11 mart kuni Nursulton Ro’ziboevga franciyalik Ibrohim Mane raqiblik qiladi.

Eslatib etamiz, Nursulton 20 fevral kuni Rossiyaning Samara shahrida «Open Fighting Championship” turniri doirasida bo’lib o’tgan jangda ukrainalik Bogdan Kotlovyanovni birinchi raunddayoq bo’g’ish usulida mag’lub etgan edi.

Manba: Olamsport.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button