MMAYangiliklar

Nursulton Ro’ziboev:»Barchasi Yaratgandan»

Kecha MMAchimiz Nursulton Ro’ziboev Bahraynda o’tkazilgan turnirda franciyalik Ibrohim Maneni texnik nokautga uchratdi.

Sportchimiz ushbu g’alabadan so’ng o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

«Bu munosib raqib edi, u bahsga besh kun qolganida jang qilish uchunrozilik berdi. SHu tomondan unga qiyin bo’ldi. Biz boshqa raqibga tayyorgarlik ko’rgandik, lekin vaziyat o’zgarib ketdi.

18 martmi yoki 25 martmi, keyingi turnirda ham qatnashishga tayyorman. Jang berishsa bo’ldi. 

-Raqib grepling, jiu-jitsu va parterda kuchli edi. Buni bilarmidingiz?

-Ha, lekin men ko’proq tik turgan holda jang qiladi deb o’ylagandim. Qiyin vaziyatga tushib qolishimga ozgina qoldi, lekin chiqib keta oldim. 

Uchburchak usulni yaxshi o’zlashtirgandim. Ko’tarib urganda, raqib nafas olishi qiyinlashardi, bu esa deyarli g’alaba degani. Bu jangimda ham shunday bo’ldi. Barchasi Yaratgandan», – dedi Nursulton Ro’ziboev jangdan so’ng. 

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button