FutbolYangiliklar

“Manchester Siti” Premyer Ligada “Arsenal”ning rekordini takrorladi

“Manchester Siti” Premyer Liga doirasida kechgan 2-mart kungi “Vulverhempton”ga qarshi o‘yinda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” Premyer Liga doirasidagi so‘nggi 19 o‘yinda hech qaysi raqibga biror daqiqani ham boy bermadi. Bu esa musobaqa rekordining takrorlanishi bo‘ldi. “Arsenal” 1998-yilning dekabridan 1999-yilning may oyiga qadar ushbu ko‘rsatkichni qayd etgandi.

“Manchester Siti” 27 o‘yinda 65 ochko to‘plab, yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Keyingi turda “shaharliklar” 7-mart kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs yuritadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button