FutbolYangiliklar

Krishtianu Ronaldu Serbiyaga qarshi o‘yindagi bahsli holat haqida: “Butun millat azob chekayotganini his qilish og‘ir”

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh—2022 saralashi doirasida o‘tkazilgan Serbiyaga qarshi o‘yindagi (2:2) bahsli holatga o‘z munosabatini bildirdi.

Portugaliya terma jamoasining sardori bo‘lish hayotimdagi eng katta faxr va imtiyozlardan biridir. Men har doim vatanim uchun borimni beraman va bu hech qachon o‘zgarmaydi. Ammo ba’zida og‘ir davrlar ham bo‘ladi, ayniqsa, butun bir millat azob chekayotganini his qilayotganimizda. Boshingizni ko‘taring va navbatdagi chaqiruvni qabul qiling! Olg‘a, Portugaliya.

Krishtianu Ronaldu, futbolchi

Serbiya — Portugaliya o‘yinining ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Ronalduning zarbasidan keyin to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi, biroq uchrashuvni boshqarib borgan hakamlar golni inobatga olmadi. Qayd etish joiz, bu o‘yinda VAR va golni aniqlash tizimidan foydalanilmadi.

Manba: Daryo.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button