Yangiliklar

IJF taqvimida o‘zgarish

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) taqvimida o‘zgarish. Tashkilotning avval eʼlon qilingan yillik taqvim rejasidan o‘rin olgan Parij “Katta dubulg‘a” turniri bekor qilindi.

May oyida o‘tishi kerak bo‘lgan turnir olib tashlandi. Uning o‘rniga Rossiyaning Qozon shahrida o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turniri taqvimni to‘ldirib turibdi. Yangi rejaga ko‘ra Qozon turniri 5-7 may kunlari bo‘lib o‘tadi va u ham Tokio Olimpiadasi yo‘lida reyting ochkolarini taqdim qiladi. Shu tariqa dzyudo bo‘yicha Tokio Olimpiadasi yo‘lida quyidagi yirik musobaqalar qoldi:

26-28 mart: Tbilisi “Katta dubulg‘a” turniri
1-3 aprel: Antalya “Katta dubulg‘a” turniri
5-7 may: Qozon “Katta dubulg‘a” turniri
6-13 iyun: Budapeshtda jahon chempionati

Manba: olympic.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button