BoksYangiliklar

Hasanboy Do’smatovning raqibi o’zgardi

Avvalroq Hasanboy Do’smatov Toshkentdagi jang oqshomida venesuelalik Aleksis Dias bilan jang qilishi haqida xabar qilgandik.

Ammo Boxer Tv kanalining malum qilishicha, Hasanboyning raqibi o’zgargan. Unga ko’ra, «Humo Arena»da o’tkaziladigan jang oqshomida bokschimizga tanzaniyalik Muxsin Kizota raqiblik qiladi. Ushbu jang mintaqaviy kamarlardan biri uchun bo’lishi kutilmoqda.

Malumot uchun, Kizota shu kungacha prof boksda 13 ta jang o’tkazgan va ularning 11 tasida g’alaba qozongan (5 ta nokaut). 2 ta jangda mag’lubiyatga uchragan (1 ta nokaut). 

Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do’smatov esa prof ringda ikkita jang o’tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag’lubiyatga uchratgandi. 

Manba: olamsport.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button