Yangiliklar

Dzyudochilarimiz Tbilisiga jo’nab ketdi

26-28 mart kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tadi.

Ikki kun avval ushbu musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasining birinchi guruhi Gruziyaga jonab ketgandi. Biroz avval delegatsiyamizning ikkinchi qismi ham Tbilisiga yo'l oldi. Ertadan Ilias Iliadis murabbiyligidagi dzyudochilarimiz to'liq tarkibda Tbilisi «Katta Dubulg`a» turniriga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Eslatib o`tamiz, jarohatlari sabab Hikmatulloh To‘rayev, Muhammadkarim Hurramov va Bekmurod Oltiboyev tarkibga kiritilmagandi. Murabbiylar ketma-ket ikkita turnirda shoxsupaga ko‘tarilgan Sharofiddin Boltaboyevga esa dam berishga qaror qilishgan edi.

«Katta Dubulg`a» turnirida qatnashadigan tarkibimiz:

Erkaklar

-60 kg: Sharofiddin Lutfullayev

-60 kg: Kemran Nurillayev

-66 kg: Sardor Nurillayev

-66 kg: Muhriddin Tilovov

-73 kg: Obidxon Nomonov

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev

-81 kg: Suhrob Tursunov

-90 kg: Davlat Bobonov

-90 kg: Shermuhammad Jandriyev

-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev

+100 kg: Alisher Yusupov

+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

Ayollar

-48 kg: Xalima Qurbonovа

-52 kg: Sita Kadambayeva

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-63 kg: Farangiz Xojiyeva

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Manba: dzyudo.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button