Yangiliklar

Dzyudo.Toshkentdagi «Katta Dubulg’a» turniri yakunlandi.Biz uchun yakun…

Toshkentdagi «Humo Arena»da dzyudo bo’yicha nufuzli «Katta Dubulg’a» turniri yakunlandi.

3 kun davom etgan dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Bir-biridan qiziqarli kechgan bahslarda terma jamoamiz vakillari “Katta dubulg‘a” musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha eng yaxshi natijasini takrorladi.

Garchi jamoamiz asosiy tarkibi bilan ishtirok eta olmagan bo‘lsak ham, qo‘yilgan maqsadga yetishdik deyish mumkin. Vakillarimiz bellashuvlar davomida 2 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Qayd etish joiz, jamoamiz bundan 9 yil avval Moskvada o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida ham 6 ta medal (3 oltin, 2 kumush 1 bronza) jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Bugun yakuniga yetgan musobaqada yaponiyalik dzyudochilar ajoyib natija qayd etishganini taʼkidlash joiz. 11 nafar sportchi bilan kelgan yaponlarning barchasi o‘z ortiga medal bilan qaytmoqda. Ulardan 9 tasi oltin, yana bittadan kumush va bronza medallardir. Shunchaki qoyil! Umumjamoa hisobida terma jamoalar ketma-ketligi quyidagicha:

Terma jamoamiz safida shohsupaga ko‘tarilgan qahramonlarimizni yana bir bor eslab o‘tamiz:

Kumush medal sohiblari:

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev

-90 kg: Davlat Bobonov

Bronza medali sohiblari:

-60 kg: Kemran Nurillayev

-66 kg: Sardor Nurillayev

-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Ilk bor Toshkentda “Katta dubulg‘a” turniri o‘tkazildi. Sovrindorlarimiz orasida Kemran Nurillayev, Muzaffarbek To‘raboyev va Gulnoza Matniyazova ilk bor ushbu nufuzdagi musobaqada shohsupaga ko‘tarilishdi. Pandemiya davrida dzyudo musobaqalarida muxlislarning tashrifiga ilk bor ruxsat berildi.

Manba: Olimpic.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button