Futbol

Dzyudo. 3- kun hozircha 6-o’rindamiz

Toshkent «Katta Dubulg’a» turnirining ikkinchi kungi bahslaridan so’ng O’zbekiston terma jamoasi medallar jamg’arish bo’yicha umumjamoa hisobida 6-o’ringa ko’tarilib oldik.

Xabaringiz bor, kechagi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan SHarofiddin Boltaboev (-81 kg) kumush, Gulnoza Matniyazova (-70 kg) bronza medalini qo’lga kiritgan edi. Uchinchi kungi bahslar oldidan terma jamoamiz hisobida 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bor. 

Kecha yana 2 ta oltin medalini rasmiylashtirib olgan Yaponiya terma jamoasi peshqadamligini mustahkamlab oldi. Dzyudo vatani vakillari 5 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medaliga ega bo’lib turishibdi. Ikkinchi pog’onadan joy olgan Mo’g’uliston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush medalga ega. Kuchli uchlikka 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan Janubiy Koreya delegaciyasi yakun yasagan.  

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button