FutbolYangiliklar

Diyor Imomxo’jaev: «Turon» bugun hakamlikdan aziyat chekkan bo’lsa, bir necha oydan buyon soliq organlari sabab aziyat chekmoqda»

Coca-Sola Superligada VAR ishlaydigan o’yinlar sonini ko’paytirish ustida ishlaymiz.

Keyingi safarimiz birinchi galda Yaypanga bo’ladi. Boisi «Turon» bugun hakamlikdan aziyat chekkan bo’lsa, bir necha oydan buyon soliq organlari sabab aziyat chekmoqda. Bu ketishda misqollab yig’ayotgan xususiy klublarimizni ham yo’qotib qo’yishimiz mumkin.

Biz bir yil avval o’xshash mavzu yuzasidan «Turon» bilan birgalikda sudda yonma-yon ishtirok etgandik. Bundan keyin ham «Turon», «Andijon», «Yangier», «Istiqlol» kabi klublarni qo’limizdan kelganicha himoya qilamiz. Aynan shunday klublar futbolimiz ertasini belgilab berishi mumkin.

«Turon» katta futbol uchun katta chiqim qildi. Uning boshqaruvida bu kabi muammolarga tayyor insonlar bor. Biz shunday muammolardan keyin qo’l siltab ketishimiz emas, ularga qarshi birga kurashishimiz kerakligini ular yaxshi tushunib turishibdi», – deb yozadi Diyor Imomxo’jaev telegramdagi o’z kanalida. 

Manba: championat.asia

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button