FutbolYangiliklar

“Bunyodkor” yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

“Bunyodkor” futbol klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

3-mart kuni “Bunyodkor” futbol klubida yangi prezident Mehriddin Abdullayev va jamoa a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi va jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Unga ko‘ra, shu vaqtga qadar jamoada yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan Shuhrat Maqsudov “Bunyodkor” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bundan keyin mutaxassis jamoani boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi mavsumlarda “Bunyodkor”da bosh murabbiy sifatida ishlagan Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasidagi faoliyati sabab klubni tark etgan.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button