MMAYangiliklar

Anvar Boynazarov ertangi jangi oldidan tarozidan o’tdi + FOTO

Ertaga o’zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi o’zining «qafas»dagi navbatdagi jangini o’tkazadi.

O’zbek sport muxlislariga muaytay va kikboksing orqali tanilgan Boynazarov ertaga AQSHning Florida shtati Orlando shahrida tashkil etiladigan Combat Night turnirida oktagonga ko’tariladi. Uning raqibi amerikalik Rob Fuller bo’ladi. 

Sportchilar ushbu jang oldidan tarozidan o’tishdi va belgilangan vazn meyorini bajarishdi. 

Eslatib o’tamiz, hamyurtimiz o’zining MMAdagi debyut jangini Florida shtatining Tallaxassi shahrida tashkil etilgan Combat Night turnirida amerikalik Genri Krappga qarshi o’tkazib, raqibini birinchi raunddayoq mag’lubiyatga uchratgan edi

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button