Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Yangiliklar

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o’yinlarida qaysi sport turlarini ko’ramiz?

Yana 4 yildan so’ng poytaxtimiz yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlariga mezbonlik qiladi.

Bu kabi yirik kompleks musobaqalarda sport turlarini tanlash bo’yicha mezbon mamlakatning huquqi bo’ladi. Reglamentga ko’ra, musobaqa dasturida kamida 9 ta Olimpiya o’yinlari oilasidagi sport turi bo’lishi lozim. O’rganishlar shuni ko’rsatmoqdaki, dastlabki uchta yoshlar Osiyo o’yinlari dasturiga sport kurashlari, boks, kamondan otish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, voleybol, triatlon, velosport kabi sport turlari kiritilmagan.

Bugun O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasida «Toshkent-2025» IV yoshlar Osiyo o’yinlarining tashkiliy masalalariga bag’ishlangan ilk yig’ilish bo’lib o’tdi. Uni MOQ Bosh kotibi, «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o’yinlari direkciyasining direktori Oybek Kasimov olib bordi. Uchrashuvda MOQ Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev, shuningdek, sport federaciya va associaciyalarining bosh kotiblari va xalqaro bo’lim mutasaddilari ishtirok etishdi.

Manba : olympic.uz

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.