FutbolYangiliklar

OCHL-2021. Guruh bosqichi qachon boshlanishi ma’lum bo’ldi

2021 yilgi Osiyo CHempionlar Ligasi taqvimi tasdiqlandi.

OCHLning guruh bosqichi bahslari markazlashtirilgan holda G’arb mintaqasida 14-30 aprel kunlari, SHarq mintaqasida esa 21 apreldan 7 maygacha bo’lib o’tadi.

1/8 final (bitta o’yin) – G’arb mintaqasida 13-14 sentyabr, SHarq mintaqasida 14-15 sentyabr
CHorak final (bitta o’yin) – G’arb mintaqasida 27-28 sentyabr, SHarqda 28-29 sentyabr
Yarim final (ikkita o’yin) – G’arb mintaqasida 19 va 26 oktyabr , SHarq mintaqasida 20 va 27 oktyabr
Final (ikkita o’yin) – 21 va 27 noyabr

G’arbda pley-off uchrashuvlari 7 aprel kuni o’tishi ko’zda tutilgan. SHarqda shu kuni dastlabki ikki bosqich o’tkaziladi, pley-off o’yinlari 14 aprel sanasiga belgilangan», – deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o’z kanalida. 

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button