Yangiliklar

“Masters” turnirini bitta bronza medali bilan yakunladik

Yilning dastlabki IJF turniri O‘zbekiston terma jamoasi uchun yakunlandi. Biroz avval -90 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Davlat Bobonov bronza medali yo‘lidagi o‘tish bahsida germaniyalik Eduard Trippelga qarshi tatamiga chiqdi va afsuski, mag‘lubiyatga uchradi. Bu bilan Bobonov «Masters»da 7-o‘rinni egalladi va o‘z hisobiga 468 reyting ochkosini qo‘shib qo‘ydi.

Avvalroq, -100 kg vazndagi yurtdoshimiz Muhammadkarim Xurramov ham bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvida rossiyalik Arman Adamyanga yutqazib, musobaqada 7-o‘rin bilan kifoyalangan edi. Bu bilan Xurramov ham 468 reyting ochkosiga ega bo‘ldi. Bugungi bellashuvlar orasida eng og‘ir vazn toifasida Bekmurod Oltiboev ilk bellashuvda gruziyalik Levani Matiashvili to‘sig‘idan o‘ta olmagan edi. Dzyudochilarimiz o‘z hisobiga quyidagi ochkolarni qo‘shib qo‘yishadi:

-90 kg: Davlat Bobonov – 468
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – 468
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – 200

Shu tariqa, Ilias Iliadis murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Qatar «Masters» turniridagi ishtirokini tugatdi. Kecha musobaqaning ikkinchi kuni Hikmatilloh To‘raev (-73 kg) tomonidan qo‘lga kiritilgan bronza medali delegatsiyamiz uchun yagonaligini saqlab qoldi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button