MMAYangiliklar

Mahmud Muradov sparing janglarini yakunladi + FOTO

23 yanvar kuni MMAchimiz Mahmud Muradov Abu-Dabidagi «Janglar oroli»da navbatdagi jangini o’tkazadi.

UFS 257 turniri doirasida o’tkaziladigan jangda hamyurtimizga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qiladi. Jangchimiz muhim jang uchun Polsha mamlakatida o’quv-yig’in mashg’ulotini olib borib, so’nggi sparing janglarini o’tkazdi.

«Polshadagi so’nggi sparing janglarimni o’tkazdim. Xudoga shukur, barchasi reja asosida kechmoqda. O’zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. Juma kuni jamoam bilan birgalikda Abu-Dabi shahrida jo’nab ketaman. Meni qo’llab turganlarning barchasidan minnatdorman», – deb yozib qoldirgan Mahmud o’zining «Instagram» sahifasida.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button