MMAYangiliklar

Mahmud Muradov raqibiga imkon bermadi

O’zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov UFC 257 turnirida jang qildi.

Ushbu jangda hamyurtimizga amerikalik Endryu Sanches raqiblik qildi. Uch raundga mo’ljallangan jang uchinchi raundda yakunlandi. 

Hamyurtimiz uchinchi raundda kuchli zarbasi bilan raqibini muvozanatdan chiqardi va ketma-ket zarbalar seriyasini uyushtirdi. Hakam ushbu vaziyatdan so’ng jangni to’xtatdi va hamyurtimizning g’alabasini qayd etdi.

Eslatib o’tamiz, Mahmud Muradov bungacha UFCda ikkita jang o’tkazgan va ularning har ikkisida ham g’alaba qozongandi. 

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button