«Lokomotiv»ga portugaliyalik murabbiy kelmoqda

Toshkentning «Lokomotiv» klubini Germaniyada tug’ilgan murabbiy boshqaradi
Championat.asia sayti malumotiga ko’ra, «Temiryo’lchilar» 1973 yil Germaniyada tug’ilgan Mikael Sikeyra bilan 2 yillik shartnoma tuzishgan.
Sikeyra ayni paytda «Lokomotiv» darvozabonlar murabbiyi bo’lib ishlayotgan ispaniyalik Daniel CHabrera bilan birga 2019 yil Saudiya Arabistonining «Al Nassr» klubida ishlagan.
2020 yilda u «Braga»da yordamchi murabbiy sifatida ishladi va klub bilan birga Portugaliya Liga kubogi sohibiga aylandi. Bundan tashqari «Braga» Portugaliya chempionatida 3-o’rinni egallab Evropa ligasiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Mikael Sikeyra UEFAning PRO licenziyasiga ega. Bugungi kunda u «Braga» klubida koordinator lavozimida ishlab kelayotgandi.
Manba : championat.asia